Skip to content
Farrukh Atabekov
Back

Advent of Code

Published:
4 min read
Edit page

Advent Of Code

Advent Of Code har yili 1-dekabrdan 25-dekabrgacha davom etadigan sarguzashtlarga boy coding masalalari. Bu masalalarni hohlagan paytda yecha olishingiza qaramasdan, masalalar paydo bo’ladigan paytning o’zida yechish va butun dunyo bo’ylab masalalarni turli hil yo’llar bilan yechib borayotgan boshqa dasturchilarni kuzatib borish o’ziga yarasha zavqli. Bu coding masalalarni hohlagan tilda Python, Go, Dart va hokazolarda yechishingiz mumkin.

Yangi dasturlash tilini o’zlashtirmoqchi bo’layotganlar uchun o’sha tilini yaxshilab mashq qilib ko’rish uchun yaxshi imkoniyat.

Farrukh Atabekov's Blog - Advent of Code tayyorgarlik

Table of contents

Open Table of contents

Sarguzashtlarga boy jumboqlar nimaga kerak o’zi ?

Boshqotirma masalalarni (programming puzzles) yechayotgan dasturchi vaqtini zoya ketayotganga o’xshashi mumkin, har xolda hech qanday project yaratmayapdi yoki qandaydir hard skill ni o’rganmayapti. Lekin bunday masalar yechishning quyidagi afzalliklari bor:

Buning ustiga, dasturiy boshqotirma bilan o’zingizni sinab ko’rish ko’pincha juda qiziqarli. Bularning barchasini qo’shsangiz, jumboqlarga biroz vaqt ajratish yakunda sizning dasturchilik mahoratingiz yaxshilanishiga yaxshi xissa qo’shishi mumkin.

Advent of Code qachon boshlangan.

Advent of Code 2015 yilda Eric Wastl tomonidan 2015 yilda side project sifatida boshlangan. Websitening dasturchilar orasida keng tarqalib ketishi buni har yili o’tkaziladigan a’nanaga aylantirgan. Quyida Eric Wastl tomonidan Advent Of Code yaratilishi haqidagi nutqini ko’rishingiz mumkin.

Bu musoboqadagi masalalar yildan yilgan ommalashib kelgan va hozirga kunga qadar dunyo bo’ylab 235 000 dan ortiq dasturchilar tomonidan ko’rilgan. Bu dasturchilar orasida universitet talabalari (dars tarkibi sifatida), top Facebook, Google kabi kompaniyalarda ishlovchi dasturchilar ham mavjud.

Bu masalalar har yilning 1-dekabridan 25-dekabrigacha AQShning Sharqiy vaqti bilan yarim tunda (US Eastern Time) da adventofcode.com websitega ko’rinadi.

Bu masalalarning ba’zi hususiyatlari:

Esingizda bo’lsin, siz hech qanday kod topshirmaysiz - faqat jumboq javoblari. Bu esa Advent of Code jumboqlarini har qanday dasturlash tilida yechishingiz mumkin degani. Ko’pchilik yangi dasturlash tilini mashq qilish va o’rganish uchun Advent of Code dan foydalanadi. Bundan ham hayratlanarlisi ba’zi masalalar nafaqat coding orqali balki boshqa Excel, Unity, Real Engine, PhotoShop ka’bi dasturlar orqali ham ishlanishi mumkin.

Mana bu yerda esa 2018 yildagi Advent of Code ning 18 kunida tushgan cycle detection masalasiga ishlangan javob qay tarzda bo’lganini ko’rishingiz mumkin. Resource.

Farrukh Atabekov's Blog - Advent of Code tayyorgarlik

Advent of Code yechishga ba’zi yondashuvlar

Ushbu strategiyalarning ba’zilari juda umumiy va har qanday boshqotirma uchun qo’llanilishi mumkin. Agar jumboqda qolib ketganingizni aniqlasangiz, bu yondashuvlar orqali muammodan xalos bo’lishga harakat qilishingiz mumkin:

Men qatnashayotgan private leaderborad ga bu kod 1544409-fc4c017c orqali qo’shilishingiz mumkin.

Musoboqada qatnashing va dasturlik mahoratingizni sarguzashtlarga boy masalalar bilan oshiring 🚀.


Edit page
Share this post on:

Previous Post
Two years into freelancing
Next Post
Dasturlash musoboqalari